Tuxel ishdan bo'shatilganligi haqidagi xabarni eshitib g'azablandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 570

Tomas Tuxel Frantsiyaning «PSJ» klubini tark etishga yaqin turibdi. Hali bu borada rasmiy bayonot tarqatilmadi, biroq barcha OAV Tuxelning ketayotganini va yaqin soatlar ichida jamoaga Maurisio Pochettino bosh murabbiy bo'lishi haqida bir ovozdan yozishmoqda.
AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Tuxel "PSJ" sport direktori Leonardo bilan uchrashuvdan g'azablangan. Germaniyalik murabbiyning fikricha, rahbariyat uning iste'fosi haqida noto'g'ri vaqtni belgilagan. Chunki, uning qo'l ostidja "PSJ" EChLning keyingi bosqichiga guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritib chiqdi.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, o'tgan mavsumda «PSJ» EChLning finaligacha etib borgandi va hal qiluvchi uchrashuvda «Bavariya»ga kichik hisobda yutqazib qo'ygandi.

Bosh sahifaga
274