«Milan» Zlatanga alternativ transfer amalga oshirmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

«Rossonerilar» hozirda jarohatda bo'lgan Zlatanning o'rnini to'ldirish uchun qishda bu pozitsiyaga futbolchi olmaydi.
Buni klubning texnik direktori Paolo Maldini ta'kidlamoqda. «Ibra juda tez-tez jarohat olmoqda. O'zi ham g'azabda. U tezroq maydonga qaytishni istayapti. Qishki transfer? - Yo'q. Biz bu yo'lda kreativ bo'lmoqchimiz.
Hozircha o'zimizda uning o'rnini bosish uchun variantlar etarli. Leau, Rebich, Kolombo va Daniel. Ularni sinab ko'rish vaqti keldi», - deydi Maldini.
Eslatib o'tamiz, Zlatanning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223