Masharipov ertaga yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
O'zbekistonlik futbolchining ar-riyodliklar bilan shartnoma imzolash jarayoni BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tadi. Masharipov ushbu maqsadda Amirliklarga etib borgan. Jaloliddin 27 dekabr, yakshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng u shartnomaga imzo chekib, "An-Nasr" a'zosiga aylanadi.
Masharipov "An-Nasr" safida koreyalik futbolchi Kim Jin Su o'rnini egallaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232