Reshford APLdagi 50-golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 600

«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining 15-turi doirasida «Lester» klubi mehmoni bo'lib, 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Mankunianliklarning gollaridan biri hujumchi Markus Reshford hisobiga yozildi. Angliyalik futbolchi uchun mazkur gol APL doirasida 50-gol bo'ldi. Markus bu natijaga 23 yoshu 56 kunlik paytida erishdi.
"B/R Football" tarqatgan xabarga ko'ra, APL tarixida 50ta gollik marrani Reshfordga nisbatan 6 nafar o'yinchi ertaroq zabt egan. Ular:
Xarri Keyn (23 yoshu 34 kun)
Krishtianu Ronaldu (22 yoshu 340 kun)
Romelu Lukaku (22 yoshu 192 kun)
Ueyn Runi (21 yoshu 54 kun)
Robbi Fauler (20 yoshu 255 kun)
Maykl Ouen (20 yoshu 251 kun).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249