Yilning eng yaxshilari aniqlanmoqda (2-qism)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

Ayni paytda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O'zbekiston professional ligasining turli nominatsiyalar bo'yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. G'oliblar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Fidoiylik ramzi
Ikkinchi marotaba ta'sis etilayotgan mazkur sovrinni «Paxtakor» jamoasining O'zbekiston chempionati va kubogi g'olibligi hamda OChL bahslaridagi munosib ishtirokida o'z hissasini qo'shgan «Paxtakor» muxlislar klubiga Fidoiylik ramzi topshirildi.
Muxlislar mehri
Yosh iste'dodlarni kashf etishda davom etayotgan Qashqadaryo viloyatining «Nasaf» klubi joriy mavsum Superliganing kumush medallari sohibiga aylandi va Muxlislar mehri sovriniga sazovor bo'ldi.
Eng yaxshi hakam
Yil davomida bo'lib o'tgan murosasiz uchrashuvlarda adolat bilan yakuniy qarorlarni qabul qilishi bilan mutaxassislar e'tirofini qozongan Ahrol Risqullaev yilning eng yaxshi hakami deb topildi.
Eng yaxshi futzalchi
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida munosib o'yin namoyish etgan Isoxon Ibragimov, Husniddin Nishonov va Akbar Usmonov yakuniy nomzodlar uchligidan o'rin oldi.
O'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra «Paxtakor» klubi futzalchisi Akbar Usmonov O'zbekiston chempionatining eng yaxshi futzalchisi deb e'lon qilindi.
Eng yaxshi jurnalist
Yil davomida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O'zPFL tadbirlarini faol yoritgan yurtimizda futbolning ommaviylik darajasini oshirishda o'zining munosib hissasini qo'shayotgan «Sport» telekanali jurnalisti Zuxriddin Qilichev O'FA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi jurnalisti deb e'tirof etildi.
Eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiya
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq birinchilardan bo'lib o'zining moddiy-texnik bazasiga ega bo'lgan Nosir Otaqo'ziev boshqaruvidagi Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasi “Eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiya” sovrini bilan taqdirlandi.
“Fair Play” sovrini
An'anaviy tarzda o'tkazilib kelinadigan halol o'yin sovrini 2020 yil yakunlariga ko'ra maydondagi xulqi bilan barchaga na'muna bo'lgan Pro Liga ishtirokchisi Toshkentning «Oqtepa» jamoasi “Fair Play” sovriniga munosib ko'rildi.

Bosh sahifaga
259