"Arsenal" "Borussiya" futbolchisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Yulian Brandt "Arsenal"ga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ko'ra, "to'pchilar" avvaliga Dominik Soboslaini "Zaltsburg"dan sotib olmoqchi bo'lganlar, ammo futbolchining "Leyptsig"ga o'tib ketishi munosabati bilan Brandt nomzodiga to'xtalishgan.
Qayd etilishicha, London klubi qishki transferlar vaqtida Dortmund klubi yarim himoyachisini sotib olishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 2020/21 yilgi mavsumda Brandt "Borussiya" tarkibida 22 ta o'yin o'tkazib 1ta gol va 1ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: The AthleticFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251