Gvardiola: "Gollarni Qorbobo qopda ko'tarib kelmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

Angliya Premer-ligasining 15-tur doirasida "Manchester Siti" o'z maydonida "Nyukasl"ni qabul qiladi. Ushbu bahsdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ishtirok etdi.
"Gollarni Qorbobo qopda ko'tarib kelmaydi, balki, maydonda uriladi. Gol kiritish uchun yaxshi o'yin namoyish etish kerak. Biz o'z futbolimizni namoyish etishimiz kerak, bu bizning eng asosiy maqsadimiz. Gollar tezroq amalga oshirilishi kerak. Qancha ko'p ochko jamg'arsak, keyinchalik oson bo'ladi.
Bizda haligacha jamoaviy ruhiyat yuqori va tarkibimizda yaxshi futbolchilar bor. Bu juda muhim, chunki oldimizda qiyin o'yinlar turibdi va kelajakda har narsa bo'lishi mumkin" - dedi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213