O'n yil ishsiz yurgan Frantsiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi olti oylik shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266

Frantsiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Raymon Domenek "Nant" klubi bilan olti oylik shartnoma imzoladi. Bu uning 2010 yilgi Jahon Chempionatidan keyingi birinchi ish joyi, deya xabar bermoqda AFP agentligi.
68 yoshli Domenek Frantsiya terma jamoasi JCh-2010da guruhda so'nggi o'rinni egallaganidan keyin ishdan ketgandi. Domenek so'nggi marotaba klublarda 1993 yili ishlagandi.
"Yakuniy tafsilotlar kelishib olindi va barchasi shu hafta oxirida rasmiylashtiriladi", - deyiladi klub bayonotida.
"Nant" klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelgan Kristian Gurkyuff uch hafta oldin egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi.
Domenek shu kungacha televidenieda ekspert bo'lib ishlab kelayotgandi. U klubi Valdemar Kitaning qo'liga 2007 yilda o'tganidan beri 15-murabbiyga aylandi.
"Nant" Frantsiya chempionati turnir jadvalining 16-pog'onasini band etib turibdi.

Bosh sahifaga
256