Lempard «Boxing Day» taqvimini tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard Angliya chempionati taqvimini tanqid qildi.
«Biz 48 soat ichida ikkita o'yin o'tkazamiz. Yuqori o'rinlar uchun kurash olib borayotgan boshqa klublar esa uch kunda ikki marta maydonga tushishadi. Axir bu adolatdanmi? Bu to'g'ri emas. Yuqorida saviyada o'ynaydigan futbolchilar uchun bu to'g'ri narsa emas. Bizda boshqa jamoalar kabi dam olish imkoniyati yo'q. Bunday taqvimdan keyin o'yinchilarda mashg'ulot o'tkazish uchun imkoniyat qolmaydi. 90 daqiqa yuqori saviyada o'ynash haqidaku gap-so'z bo'lishi mumkin emas», — dedi Lempard.
Ma'lumot o'rnida. «Chelsi» 26 dekabr kuni «Arsenal» bilan, 28 dekabr kuni esa «Aston Villa» bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
286