Pochettinoning ilk transfer maqsadi aniq!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 357

"PSJ" bosh murabbiyligiga yaqinda tayinlangan Maurisio Pochettino ilk transfer siyosatini oshkor qildi.
Unga ko'ra argentinalik mutaxssis o'z vatandoshi Paulo Dibalani yangi klubiga olib kelmoqchi. Bundan avval ham futbolchining Pochettino boshqargan jamoaga o'tishi mumkinligi to'g'risida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, Dibala haligacha "Yuventus" bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishmagan. U joriy mavsum "zebralar" safida 17 uchrashuv o'tkazib, ikki gol muallifiga aylangan.
Manba: goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
419