"Yuventus" himoyachisi qachon safga qaytadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 209

Turinning "Yuventus" himoyachisi Jordjio Kellini deyarli jarohatidan forig' bo'ldi.
Tuttosport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 36 yoshli italiyalik himoyachi 3 yanvar kuni "Udineze"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Joriy mavsumda Kellini jarohat sababli ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi va to'rtta uchrashuvda maydonga tushdi.
14 turdan so'ng "Yuventus" birinchi o'rinda borayotgan "Milan"dan 10 ochko ortda qolib, A Seriya turnir jadvalida 6-o'rinni band etib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255