"Spartak"da Tedeskoning taqdiri hal qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

Moskvaning «Spartaka» klubi Domeniko Tedesko joriy mavsum oxirigacha jamoada qoladigan bo'ldi. Juma kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda klub rahbariyati shu qarorga keldi.
"Spartak" klubi xo'jayini Leonid Fedun Tedesko bilan uchrashuv tashkil qildi va mavsum yakunigacha jamoada qolish borasida kelishib oldi. Shu tariqa, germaniyalik mutaxassis "Spartak" klubida kelasi yilning yozigacha ishlaydigan bo'ldi.
Avvalroq, Domeniko Tedesko «Spartak» bilan shartnomani uzaytirishni xohlamayotgani va Yangi yil bayramigacha jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
562