De Ligt: "Mahalliy futbolchi bo'lmasang Italiyada o'ynab ketish qiyin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

Turinning «Yuventus» klubi futbolchisi Mattays de Ligt Italiyaga moslashish jaryoni haqida fikr bildirdi.
«Agar mahalliy futbolchi bo'lmasang, Italiyada himoyachilar uchun juda qiyin, lekin men yangi chaqiruvni qabul qilishga tayyorman. «Yuventus» - mening faoliyatimdagi muhim joy ekanligiga aminman. Men ushbu taklifidan umuman afsuslanmaganman. Hozir bu erda baxtiyorman», - dedi niderlandiyalik futbolchi The Athletic bilan suhbatda.
21 yoshli futbolchi Italiya chempionatining dastlabki turlarini jarohat sababli o'tkazib yubordi. U «Yuventus» tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276