«Atletiko» Tripperning diskvalifikatsiyasi yuzasidan FIFAga apellyatsiya berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

"Atletiko" rahbariyati himoyachi Kiran Tripperning diskvalifikatsiyasidan norozi bo'lmoqda. Shu bois, madridliklar Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA)ning ushbu qarori yuzasidan FIFA apellyatsiya berdi.
Futbolchi pul tikish qoidalarini buzgani uchun FA tomonidan 10 haftaga diskvalifikatsiya qilgan edi. "Atletiko" esa Tripper ushbu qoidabuzarlikni "Tottenxem"da o'ynayotganda qilganini ta'kidlagan holda, mazkur jazo faqatgina Angliya terma jamoasiga tegishli bo'lishi kerak, degan fikrni ilgari surmoqda.
Eslatib o'tamiz, Tripper 10 haftalik diskvalifikatsiyadan tashqari 70 ming funt sterling miqdorida jarima ham to'laydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248