Tuxel Frantsiya chempionati rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

Germaniyalik murabbiy Tomas Tuxel Frantsiya chempionati tarixidan o'rin oldi.
U "Pari Sen-Jermen" boshqaruvidagi o'yinlarning 75,6 foizida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Bu esa Liga 1 tarixida bir jamoa boshqaruvida qayd etilgan yangi yaxshi natija hisoblanadi.
Bir qator manbalar Tuxel "PSJ" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgani haqida ma'lumot tarqatmoqda. Ammo jamoa hali buni rasman tasdiqlamadi.
Ma'lumot o'rnida. Tuxel 2018 yilda «PSJ»ni qabul qilib, klub bilan 6ta sovrinni qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242