Obameyang «Chelsi»ga qarshi o'yinda maydonga tushadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang boldiridagi mushaklarining jarohatlanishi oqibatida, jamoaning ikkita o'yinini o'tkazib yuborgandi. Lekin, shanba kuni APL doirasida «Chelsi» klubiga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning bergan ma'luomotiga qaraganda, gabonlik futbolchi jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qaytdi, uning maydonga tushishi borasida qaror o'yin kuni qabul qilinadi.
Yarim himoyachi Tomas Parti esa jarohatidan hali to'liq forig' bo'lmaganligi sababli, "Chelsi"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Parti 6 dekabr kuni «Tottenxem» (0:2) klubiga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248