Venger: «O'zilning qaerga o'tishini bilaman, ammo aytmayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243

«Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "kanonirlar" yarim himoyachisi Mesut O'zilning kelajagi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Uning qaerga o'tishi haqida tasavvurga egaman, ammo buni sizga aytmayman. O'zil haqida gap ketganda, murabbiy jamoasining himoyasi borasida balansni ushlashga tayyormi — hammasi shunga bog'liq.
Bugun barcha tajovuzkor va tezkor o'yin namoyish etadi. Lekin O'zil kabi o'yinchilar ham kerak. Chunki, u so'nggi pasni yaxshi beradi», — dedi Venger.
Avvalroq Mesut O'zil «Fenerbaxche» rahbariyati bilan muzokara o'tkazgani haqida fikr bildirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202