Hasanboy Do'stmatov prof boksdagi 2-jangida raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

Boks bo'yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'stmatov (2-0, 2 KO) 24 dekabr, payshanba kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida professional ringdagi ikkinchi jangini o'tkazdi.
Do'stmatovga ushbu jangda Rossiya nomidan ringga ko'tarilgan o'zbekistonlik Odiljon Sotqinov (0-1) raqiblik qildi. Hasanboy jangni faol boshladi va 1-raundning o'zida raqibini to'rt marta nokdaun holatiga tushirdi. To'rtinchi nokdaundan keyin referi jangni to'xtatdi va texnik nokautni qayd etdi.
Ta'kidlash joiz, bu Sotqinov uchun professional boksdagi debyut jang bo'ldi. Undan avval Odiljon kikboksing bilan shug'ullangan.
Shu tariqa Hasanboy prof boksdagi 2-jangini ham muddatidan avvalgi g'alaba bilan yakunladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213