«Tottenxem» himoyachisi YTH sodir etganidan so'ng hibsga olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

«Tottenxem Xotspur» klubi himoyachisi Denni Rouz Nortgempton shahrida yo'l-transport hodisasini sodir etgani uchun politsiya tomonidan hibsga olindi. Bu haqda "The Sun" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi 23 dekabr, chorshanba kuni kechasi avtomagistral bo'ylab katta tezlikda harakatlana borib boshqaruvni yo'qotgan va yo'l chetidagi to'siqqa urilgan. Bundan Rouzning o'zi jabr chekmadi, ammo avtomobilning g'ildiragi chiqib ketib, orqa bamperiga shikast etgan. Yo'l harakat xavfsizligi xodimlari unga nisbatan avtomobilni xavfli boshqarish ayblovini qo'ydi hamda uni politsiya bo'limida olib qolishdi.
23 dekabr kuni "Tottenxem"ni Angliya liga kubogi doirasida Stok-on-Trent shahrida "Stok Siti"ga qarshi o'yin kutib turganiga qaramay, Denni Rouz nima uchun Nortgemptonga borgani hozircha aniq emas. Ushbu shaharlar orasida masofa 150 km.ni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
434