"Milan" ustozi: "Jamoam bilan faxrlanaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli «Latsio» ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
«Biz ham doim g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Juda baxtiyorman. O'z jamoam bilan faxrlanaman. Ular aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirishmoqda.
«Latsio» - shubhasiz yaxshi jamoa. Bizda g'alaba qozonish uchun imkoniyat bo'ldi va biz ulardan foydalandik.
«Milan» ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonmoqda, chunki tarkibimizda kuchli futbolchilar bor, men ularni boshqa futbolchilarga almashtirmayman. Xakan Chalxanoglu o'zining texnik fazilatlarini ishga solmoqda, u fantastik futbolchi, u nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi.
Albatta, bizga Zlatan etishmayapti. U safga qaytsa, albatta yanada kuchliroq bo'lamiz», - dedi Pioli.

Bosh sahifaga
435