A Seriya. "Napoli" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250

Italiya A Seriyasining 14-tur doirasida Jennaro Gattuzo boshchiligidagi "Napoli" o'z maydonida Turinning "Torino" klubini qabul qildi.
56-daqiqada Itstso tomonidan kiritilgan goldan so'ng turinliklar oldinga chiqib olishdi. Uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan pallada Lorentso Insine raqib darvozasini ishg'ol etib, "Napoli" klubini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Napoli" – "Torino" 1:1
23.12.2020 yil, 00.45, «San-Paolo»
Gollar: 0:1 – 56 Itstso, 1:1 – 90 Insine.
"Napoli" – Meret, Xyusay (Mariu Ruy, 71), Manolas, Maksimovich, Di Lorentso, Bakayoko (Fabian Ruis, 71), Demme (Elmaz, 30), Politano (Losano, 63), Zelinski, Insine, Petanya (Lorente, 71).
"Torino" – Sirigu, Singo, Buondjorno, Itstso, Rodriges (Voyvoda, 88), Lukich (Meyte, 89), Rinkon, Verdi, Linetti (Segre, 90), Bremer, Belotti (Dzadza, 89).
Ogohlantirishlar: Itstso (33), Buondjorno (40), Bakayoko (63), Linetti (76), Elmaz (87), Di Lorentso (90).

Bosh sahifaga
313