Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining taqvimi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

2021 yilning fevral oyiga ko'chirilgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining taqvimi e'lon qilindi.
Musobaqa 1-11 fevral kunlari Qatarning uchta stadionida o'tkaziladi. Turnirning dastlabki o'yini 1 fevral kuni "Duhayl" (Qatar) va "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.
4 fevral kuni esa chorak final bosqichining ikkita uchrashuvi bo'lib o'tadi. 7 fevral kuni 5-o'rin uchun bahs hamda yarim finalning dastlabki o'yini o'tkaziladi.
Evropa chempionlar ligasi g'olibi — "Bavariya" klubi musobaqaga 8 yanvar kuni kirishadi. Hal qiluvchi o'yinlar esa 11 fevral kuniga belgilangan.
Klublar o'rtasidagi JChga qur'a tashlash marosimi 19 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Turnirda quyidagi jamoalar ishtirok etishadi:
"Bavariya" (EChL g'olibi)
"Tigres" (Meksika, KONKAKAF)
"Al-Ahli" (Misr, Afrika chempioni)
"Ulsan Xyonde" (J.Koreya, OChL g'olibi)
"Oklend Siti" (Yangi Zelandiya)
"Duhayl" (mezbon, Qatar).
Libertadores kubogi g'olibi (hali aniqlanmadi)

Bosh sahifaga
204