"Arsenal" himoyachining agenti Barselonaga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Shkodran Mustafi yanvar oyida jamoasini o'zgartirish mumkin. Bu haqda uning agenti Emre O'zturk ma'lumot tarqatdi.
«Ayni paytda Barselonadaman. Bu erga Yusuf Demir sababli emas, "Arsenal" himoyachisi Mustafining masalasi bilan tashrif buyurdim», - dedi O'zturk ZRAFC bilan suhbatda.
Qayd etish kerakki, 28 yoshli germaniyalik himoyachi «Arsenal» tarkibida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Joriy mavsum Mustafi «kanonirlar»ning barcha musobaqalaridagi 8 ta o'yinida ishtirok etdi.
Shkodranning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 iyun kuni yakunlanadi. Uning transfer narxi 12 million evro atrofida baholanmoqda.
O'zturk Mustafini qaysi jamoaga o'tkazayotgani haqida aniq ma'lumot bermagan.

Bosh sahifaga
219