O'zbekistonlik tennischi 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

Tennisdagi salbiy holatlarga qarshi kurash bo'yicha tashkilot (TIU) o'zbekistonlik tennischi Temur Ismoilovni 7 yilga tennisdan chetlatdi.
25 yoshli sportchi uch marta — 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganini tan oldi.
Ismoilovga 18 dekabr sanasidan boshlab etti yil davomida har qanday tennis musobaqalariga tashrif buyurish taqiqlanadi. Ulardan ikki yili shartli hisoblanadi. Bundan tashqari, sportchi 12 ming dollar miqdorida jarima to'laydi. Jarima o'z vaqtida to'lanmasa, diskvalifikatsiya muddati cho'zilishi mumkin.
Temur Ismoilov faoliyati davomida Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) reytingida eng yuqori o'rni 756-pog'ona bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
515