«Spartak» O'runov uchun «Rubin»dan qancha so'ragani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

«Rubin» klubi «Spartak» yarim himoyachisi Oston O'runovga qiziqish bildirgandi, ammo ushbu transfer amalga oshmay qoldi.
Metaratings tarqatgan xabarga ko'ra, moskvaliklar dastlab «Rubin»ning taklifiga rad javobini berishdi, keyin esa transfer narxini ma'lum qilishdi — 6 mln evro. Ushbu narx qozonliklarni qanoatlantirmaydi. Shu bois, ular 21 yoshli yaponiyalik futbolchi Mitsuke Saytoni ijaraga olishdi.
O'runov yozda "Ufa"dan "Spartak" klubiga ko'chib o'tgan edi. U "qizil-oqlar" safida 8ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
528