Bruno qanday qilib Abdulkarim bo'ldi? Yoxud mashhur murabbiyning hidoyat yo'li
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 428

Bruno Metsu frantsiyalik mashhur futbolist, yarim himoyachi. U 2002 yili Janubiy Koreya va Yaponiyada bo'lib o'tgan futbol bo'yicha mundialdagi ishtiroki bilan ko'pchilikning yodida qolgan. O'shanda u kamtargina Senegal termasiga bosh murabbiy edi. Senegal tarixida birinchi marta jamoani 1/4 finalgacha olib chiqqan, ya'ni murabbiylik mehnati foydasiga ishlagan edi.
U Senegal aholisini ikki bor xursand qilgan. Biri mundialdagi olamshumul yutug'i bo'lsa yana biri Islomni qabul qilgani bo'ldi.
Bruno senegallik muslimaga ko'ngil qo'yadi va Islomga kirganini e'lon qilib, unga uylanadi. Undan ikki o'g'il, bir qiz ko'radi. O'z ismini Abdulkarim deb o'zgartirgan.
1954 yil, 28 yanvarda Frantsiya (Kudkerk-Villaj)da nasroniy oilada tavallud topgan qahramonimiz 2013 yil 14 oktabr kuni Senegal poytaxti Dakar shahrida 59 yoshida musulmon holda vafot etgan va "Yof" nomli musulmonlar qabristoniga ehtirom ila dafn etilgan.
O'limi oldidan shunday degan edi:
"Afrikalik musulmonlar sabab men Allohni tanidim.
Ular bo'lmaganda...
Islom ne'matdir, Islom hech qachon o'lmaydi...
Alhamdulillah, men musulmon holda vafot etyapman..."
Abdulkarim Metsuni Alloh rahmatiga olsin.
Arabchadan Abdulatif Ataxanov tarjimasi.
Manba: azon.uz
Bosh sahifaga
543