Messi La liganing ushbu mavsumida ilk marta assistni amalga oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Ispaniya chempionatining 15-turi doirasida "Barselona" o'z uyida "Valyadolid"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Kataloniyaliklar sardori Lionel Messi mazkur o'yinda bitta gol urib, bir golga uzatma berdi. Argentinalik futbolchi La liganing joriy mavsumida 14-o'yinga kelib dastlabki assistni amalga oshirdi. Uning uzatmasidan keyin Kleman Langle bosh bilan darvozani ishg'ol qildi.
Eslatib o'tamiz, Leo o'tgan mavsumda 33ta o'yinda maydonga tushib, 23ta golga uzatma bergan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
538