«Yuventus» o'z uyida so'nggi 10 yilda eng yirik mag'lubiyatiga uchradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 270

«Yuventus» Italiya chempionatining 14-turida o'z maydonida «Fiorentina»ni qabul qilib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Squawka" tarqatgan xabarga ko'ra, kechagi o'yin orqali "keksa sinora" XXI asrda A seriya doirasida «Alyants Stadium»dagi 10 yil avvalgi yirik hisobdagi mag'lubiyatni takrorladi. 2010 yilda turinliklar o'z uyida «Milan»ga 0:3 imkoniyatni boy berdi.
«Yuventus» kechagi o'yingacha barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 12ta o'yinda mag'lubiyatga uchramagan edi. «Fialkalar» esa bungacha Italiya chempionatida 8ta o'yinda yutqazmagan edi.
«Yuventus» esa 13ta o'yindan keyin 24 ochko bilan A seriya jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. «Fiorentina» esa 14 ochko bilan 15-pog'onani egallab turibdi.

Bosh sahifaga
529