«Navbahor»: Kim qancha o'ynadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

“Navbahor”ning Coca Cola Superliga–2020dagi statistik ma'lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bu safar o'yinchilarning maydonda qancha vaqt harakat qilganliklari borasidagi statistikaga to'xtalib o'tishni lozim deb topdik.
Yakunlangan mavsumda “Navbahor” tarkibida 29 nafar futbolchi maydonga tushdi.
Ta'kidlash joizki, ulardan 5 nafari – Sardor Telyakov, Dostonbek Abdulhaev, Mirzohid Mirzamahmudov, Husayn Ergashboev va Sherzod G'ulomjonov bu yil Superligada o'z debyutlarini nishonlashdi.
Yakunlangan mavsumda “lochinlar” safida eng ko'p 2 nafar tajribali futbolchi, ya'ni, darvozabon O'tkir Yusupov hamda himoyachi Igor Golban maydonga tushishdi va ular 24 ta o'yinda to'liq, ya'ni, 2160 daqiqadan harakat qilishdi.
Jamoamizning mahoratli yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev garchi 25 ta bahsda maydonga tushgan bo'lsa-da, u 5 ta uchrashuvda zaxira o'rindig'iga olingan bo'lsa, 1 ta o'yinda zaxiradan maydonga tushdi hamda 2116 daqiqa harakatlandi.
O'z navbatida ta'kidlash joizki, Turg'unboev 1 ta uchrashuvni aynan diskvalifikatsiya sababli, ya'ni, hisobidagi sariq kartochkalari soni 4 ta etganligi bois, o'tkazib yuborgandi.
Tajribali himoyachi Mirzohid G'ofurov esa 22 ta o'yyinda maydonga tushib, 1952 daqiqa harakatlandi.
Quyida sizlarni “Navbahor” futbolchilarining Superliga – 2020 dagi mavsum statistikasi bilan tanishtiramiz.
|
T/r |
Futbolchi |
Ampluasi |
O'yin |
Daqiqa |
|
1. |
O'tkir Yusupov |
Dar. |
24 |
2160 |
|
2. |
Igor Golban |
Him. |
24 |
2160 |
|
3. |
Azizbek Turg'unboev |
Yar. him. |
25 |
2116 |
|
4. |
Mirzohid G'ofurov |
Him. |
22 |
1952 |
|
5. |
Azimjon Ahmedov |
Yar.him. |
22 |
1926 |
|
6. |
Ivan Solovyov |
Yar.him. |
22 |
1676 |
|
7. |
Xurshidbek Muxtorov |
Him. |
20 |
1629 |
|
8. |
Zabihillo O'rinboev |
Huj. |
23 |
1403 |
|
9. |
Islom Rashidxonov |
Yar.him. |
22 |
1383 |
|
10. |
Davron Hoshimov |
Him. |
13 |
1045 |
|
11. |
Ruslan Bolov |
Huj. |
20 |
1037 |
|
12. |
Abbos G'ulomov |
Yar. him. |
20 |
1030 |
|
13. |
Tohirjon Shamsiddinov |
Him. |
14 |
968 |
|
14. |
Sardor Telyakov |
Yar.Him. |
13 |
926 |
|
15. |
Ehsoni Panshanbe |
Yar. him. |
11 |
883 |
|
16. |
Islombek Isoqjonov |
Yar.him. |
17 |
772 |
|
17. |
G'iyosjon Komilov |
Him. |
10 |
706 |
|
18. |
Javlon Ibragimov |
Yar. him. |
11 |
505 |
|
19. |
Obid Jo'raboev |
Him. |
5 |
372 |
|
20. |
Pavel Golishev |
Yar. him. |
10 |
345 |
|
21. |
Shohruh Mahmudhojiev |
Yar.him. |
15 |
344 |
|
22. |
Dilshod Hamroev |
Dar. |
2 |
180 |
|
23. |
Dostonbek Abdulhaev |
Him. |
1 |
65 |
|
24. |
Amirbek Jo'raboev |
Yar. him. |
2 |
34 |
|
25. |
Mirzohid Mirzamahmudov |
Him. |
1 |
25 |
|
26. |
Husayn Ergashboev |
Huj. |
1 |
22 |
|
27. |
Akrom Bahritdinov |
Yar.him. |
1 |
8 |
|
28. |
Sherzod G'ulomjonov |
Yar.him. |
1 |
8 |
|
29. |
Abdulhay Ismoilov |
Yar.him. |
1 |
1 |
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Bosh sahifaga
237