Rasman! "Genk" futbolchisi faoliyatini "Atalanta"da davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

Belgiyaning "Genk" klubi rasmiy saytida italiyaning "Atalanta" klubi bilan himoyachi Yoakim Mexleni sotish bo'yicha kelishuvga erishganini e'lon qildi.
23 yoshli daniyalik futbolchi 27 dekabrga belgilangan "Vasland-Beveren"ga qarshi o'yindan so'ng "Genk"ni tark etadi.
Transfer tafsilotlari oshkor qilinmadi. Xabarlarga ko'ra, italiyaliklar futbolchi uchun 10 million evro to'laydilar. Mexlening "Atalanta" bilan shartnomasi 2025 yil yozigacha tuziladi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Mexle Belgiya chempionatida 16ta o'yin o'tkazib 1ta gol va 4ta gollik uzatma amalga oshirdi
Manba: CalciomercatoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241