"MYu" tarkibida "Everton"ga qarshi o'yindan oldin muammolar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 337

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher «Everton»ga qarshi Angliya Liga Kubogi doirasida bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldin tarkib borasida muammolarga duch kelganini aytib o'tdi.
«Uan-Bissaka va Maktominaylar ertaga aniq o'ynamaydi. Umid qilamanki, bu uzoq davom etmaydi. Ular tarkibda bo'lmaydi, lekin qolgan futbolchilar bilan hammasi joyida. Tarkibda bir qator o'zgarishlar qilamiz, rotatsiyani amalga oshiramiz, chunki, kimlargadir horiq chiqarish uchun imkoniyat berish kerak. «Everton»ga qarshi hordiq chiqargan jamoa o'ynaydi», - Sulsherning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda «Manchester Yunayted» matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215