"Milan"ning ikki nafar futbolchisi safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

Stefano Pioli boshchiligidagi "Milan" jamoasida nihoyat xushxabar paydo bo'ldi. Italiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, earohat olgan Ante Rebich va Sandro Tonalilar jamoaning keyingi o'yinlarida maydonga tushishlari mumkin. Har ikki futbolchi ham «Latsio» klubiga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.
Bu Pioli uchun qo'l kelishi mumkin, chunki, Ker, Bennaser, Gabbi va Ibragimovichlar jarohat olib jamoaga yordam bera olishmayotgandi. Shuningdek, Kesse ham diskvalifikatsiya sababli o'yindan chetda qoladi.
Agar «Milan» ushbu bahsda g'alaba qozonsa, qishki tanaffusga A Seriya g'olibi sifatida yo'l oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
437