"Manchester Yunayted" Igaloning ijara muddatini uzaytirmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

"Manchester Yunayted" hujumchisi Odion Igalo katta ehtimol bilan qishki transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etadi, deya xabar beradi The Times nashri.
Ma'lumot uchun, 30 yoshli futbolchi ingliz jamoasida ijarada o'ynamoqda. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2021 yilning yanvarida tugaydi. Igaloning huquqlari "Shanxay Shenxua" jamoasiga tegishli hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi shu yilning fevral oyida Manchester klubiga ko'chib o'tdi. Shu vaqt ichida u 5 ta gol urdi va 1 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: The TimesFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
443