"Barselona"ga yo'l olishi kutilgan futbolchi katta ehtimol bilan "Inter"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

Jordjino Veynaldum mavsum yakuniga ko'ra, eng talabgor futbolchiga aylanadi. Chunki, niderlandiyalik futbolchi kelasi yilning yozida erkin agentga aylanadi.
Avvaliga uni «Barselona»ga o'tishi taxmin qilingan edi. Biroq, Kataloniya klubidagi noaniqlik ushbu transferning amalga oshmasligiga sabab bo'lmoqda. FCinternews nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Inter» yanvar oyida futbolchi bilan muzokaralarni boshlamoqchi.
Ushbu transfer katta ehtimol bilan Kristian Eriksenni "Inter"dan ketganidan keyin amalga oshishi kutilmoqda. Veynaldumni jamoaga olib kelish aynan jamoa bosh murabbiyi Kontening g'oyasidir.
30 yoshli Veynaldum to'rt yillik shartnomaga imzo chekmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
271