"Real" Alabani o'z safiga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247

Madridning «Real» klubi «Bavariya» himoyachisi David Alabani o'z safiga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Alaba kelasi yilning yozida erkin agentga aylanadi.
Madridliklar 28 yoshli avstriyalik futbolchini 34 yoshli Serxio Ramosga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Alaba «Real» klubiga o'tishni va 12 million evro maosh talab qilayotgani haqida AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, «Real» bu taklifni foydali deb qabul qilmoqda, chunki Ramos yiliga "Real"da 15 million evro maosh oladi.
Shuningdek, Alabaning xizmatiga «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223