Devid Moyes: "Barcha narsa "Chelsi" foydasiga ishladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Londonning "Vest Xem" klubi bosh murabbiyi Devid Moyes APLning 14-tur doirasida "Chelsi" (0:3) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
- Og'ir mag'lubiyat. Himoyalanishga kelganimizda o'z jarima maydonchasida etarlicha yaxshi o'ynay olmadik va vaziyatlarga ega bo'lganimizda raqib jarima maydonchasida ko'ngildagidek harakat qila olmadik. Shu kungacha standart vaziyatdan birorta ham gol o'tkazib yubormagandik. Qanday qilib gol o'tkazib yuborganimizdan g'azabdaman, chunki biz ularning kuchli taraflarini bilardik. Hech qanday mayda qarorlar bizga foyda bermadi. Bugun hamma narsa "Chelsi" foydasiga ishladi. Bu biz uchun mavsumdagi eng katta imtihon bo'ldi, — Moyesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.

Bosh sahifaga
268