«Arsenal» APLdan tushib ketsa, o'yinchilar maoshi qisqartiriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

«Arsenal» klubi Angliya premer-ligasidan tushib ketadigan bo'lsa, o'yinchilarning maoshi ancha qisqartiriladi. Bu haqda "Daily Mail" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, bunday holatda futbolchilar 25 foiz maoshdan mahrum bo'lishadi.
«Kanonirlar» APLning joriy mavsumida 14ta o'yindan so'ng 14 ochko bilan jadvalda 15-pog'onani egallab turibdi. Jamoani xavfli hududdan 4 ochko ajratib turibdi.
«Arsenal» Angliya chempionatining navbatdagi turida «Chelsi»ni qabul qiladi. Uchrashuv 26 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
412