Matteus: «U - mashina»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 206

Nemis futboli afsonasi Lotar Matteus «Borussiya» etakchisi Erling Xolandni maqtadi.
«U hali endi yigirmaga kirdi. Lekin shu yoshidan jamoa etakchiligini o'z qo'liga olgan. U - mashina. Men uning taqdirini Levandovskinikiga o'xshatyapman.
U futbol bosqichlarida ancha balog'atga etgan. Endi kattaroq klubga borib qo'shilsa ham bo'ladi. Men uni keyingi qadamni qo'yishda adashmaydi deb umid qilaman», - deydi Matteus.
Eslatib o'tamiz, Holand joriy mavsum klubi safida barcha turnirlarda 14 uchrashuvda 17 gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226