"Loryan" klubi stadion xodimining ustiga yoritgich tushib ketdi va u vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323

Frantsiyada "Loryan" stadioni ishchisi Yoann Essirar vafot etdi.
"Loryan" "Renn" klubiga qarshi o'yinni o'tkazib bo'lganidan so'ng, maydon ishchisi chimni parvarish qilayotgan paytida yoritgich uning ustiga tushgan.
Essirar tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan kasalxonaga etkazilgan, ammo u shifoxonaga olib kelinganidan 45 daqiqa o'tgach vafot etgan. 36 yoshli erkakning uchta farzandi qolgan. So'nggi 5 yil davomida u "Stad dyu Mustua" stadionida ishlagan.
Jamoa a'zolari ertalabki mashg'ulotlar oldidan Essirar xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yod etdi va shuningdek, uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245