So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Neymar qo'ltiqtayoqda ham fint ko'rsatmoqda (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11620
Braziliyalik futbolchi Neymar yosh hamkasblari bilan qo'ltiqtayoqda bo'lishiga qaramay, salomlashishni inkor etmadi. Bu haqda WORLDNEWS internet-nashri telegramdagi videoga asosan post qoldirdi.
Neymar jarohat sabab ayni vaqtda qo'ltiqtayoq xizmatlariga tayanmoqda va u shunday bo'lishiga qaramay, Parij klubi bazasida yosh hamkasblari bilan salomlashib, o'ziga xos kichik fint namoyish qildi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Neymarning kamida ikki oyga safdan chiqqani va o'ng oyog'ining beshinchi barmog'i suyagi singani aniqlangan edi.
Hozircha "PSJ" klubi va Braziliya terma jamoasi shifokorlari futbolchining to'liq tuzalishi uchun jarrohlik amaliyoti kerak bo'ladimi yoki yo'qmi — aniq bir qarorga kelishmadi. Tez orada bu borada yakuniy qaror qabul qilinadi.
Bunday sinishni joyiga keltirish uchun operatsiya talab etiladi. Agar Neymar jarrohlik stoliga yotsa, u mavsum oxirigacha maydonga qayta olmaydi.
Shu tariqa, futbolchi PSJning Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida kechadigan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi. O'tgan mavsumda Neymar xuddi shunday jarohat tufayli 3 oy maydon tashqarisida qolgandi, ammo u JCh-2018 boshlangunga qadar tiklanishga ulgurgandi.