Luka Modrich navbatdagi turni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya chempionatining 15-turidan o'rin olgan "Granada"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, 35 yoshli futbolchi chap oyog'ining mushagida og'riq his qilmoqda. Xorvatiyalik futbolchi jamoasining 21 dekabr, dushanba kungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.
Luka Modrich ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi ma'lum bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!