"Barselona" prezidentligiga nomzod: "Neymar birinchi o'rinda kechirim so'rashi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidentligiga nomzod Jordi Farre «PSJ» hujumchisi Neymarning jamoaga qaytish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Neymarni jamoamizda ko'rishdan barcha xursand bo'ladi, lekin u birinchi navbatda o'z talablaridan voz kechishi va kechirim so'rashi kerak.
Biz uning vakillari bilan suhbatlashdik, ular bizga «uyga qaytish» imkoniyat haqida gapirib berishdi. Kim dunyoning uchinchi raqamli futbolchisini o'z safida ko'rishni xohlamaydi? U jamoamiz tarkibidan joy olishi mumkin, faqat u 40-45 million evrolik taklifga rozi bo'lishi kerak», – dedi Farre RAC1 bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205