Tuxel: "Bu - "Oltin to'p" darajasidagi o'yinchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234

Parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel o'z shogirdini maqtadi. Unga himoyachi Markinosning o'yinlari hammadan maqbul ko'rinmoqda.
«Men har bir uchrashuvda Markinosning juda yuqori darajada o'ynayotganligiga guvoh bo'lyapman. Ayniqsa, "Lill" bilan bahsda u hammadan ajralib turdi.
Agar sen Markinosni o'yinimizdan olib tashlasang u erda qanday o'zgarish yuzaga kelib qo'lganini anglashing mumkin. Bu "Oltin to'p" darajasidagi o'yinchi. Nima uchun uni yil ramziy jamoasiga kiritishmaganiga tushunmayman", - deydi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsum "PSJ" safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206