«Barselona» prezidentligiga nomzod yangi stadion qurishni taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121
«Barselona» prezidentligiga nomzodlardan biri Agusto Benedito klubning ayni damdagi muvaffaqiyatsiz davrlariga barham berish uchun yangicha tipdagi stadion qurish kerakligini maslahat berdi.
Unga ko'ra hozirgi «Kamp Nou» o'yingohi to'liq rekonstruktsiya qilinib, umuman yangicha dizayndagi stadion qurilishi kerak. Ungacha esa jamoa o'z uy o'yinlarini "Olimpiya" stadionida o'tkazib turadi. Ikkinchi variantga ko'ra esa yangi arena Kataloniyada joylashgan San-Joan Despi shahrida qad ko'tarishi kerak.
Eslatib o'tamiz, «Kamp Nou» 1957 yilda foydalanishga topshirilgan bo'lib, hozirda uning hajmi 99354 ta kishiga mo'ljallangan.
Manba: ASFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!