Messi va Neymar kelasi mavsum "Barselona" tarkibida birga o'ynaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidentligiga nomzod Xordi Farre Lionel Messi va Neymarlarni «ko'k-anorranglilar» tarkibida birlashtira olishiga ishonmoqda, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
«Neymar «Barselona»da bo'lsa, bundan xursand bo'lishadi. Lionel Messi va Neymar kelasi mavsum birga o'ynashadi. Aminmanki, Leo klubdan ketishni xohlamayapti. Uning atrofidagilar bilan suhbatlashdim, Messi «Barselona»da qolish niyatidaligini aytgan, lekin u sovrinlar uchun kurash olib boradigan jamoada o'ynash niyatida», - dedi Farre.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
343