Matteo Pessina: «Sen kim bo'libsan, Leau!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353

«Atalanta» yarimhimoyachisi Matteo Pessina kecha sodir bo'lgan tezkor gollar borasida hazil ohangida fikr bildirdi.
Ya'ni kecha «Milan» safida Rafael Leau «Sassuolo» darvozasiga kuchli beshlik chempionatidagi eng tezkor golni yo'llaganidan xabaringiz bor.
Bundan biroz o'tgach, «Atalanta» ishtirokidagi bahsda ham shunga o'xshash hodisa ro'y berdi. «Roma»ga qarshi uchrashuvning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan Luis Muriel hali bir daqiqa o'tar o'tmas raqiblari darvozasini ishg'ol etdi.
Shuni nazarda tutgan holda Pessina o'z jamoadoshi yonidan chiqib «Sen kim bo'libsan, Leau!» ohangida post qoldirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344