Yovichning agenti Milan shahriga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

Milan News nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovichning agenti bugun Italiyaning "Milan" vakillari bilan muzokara olib borish uchun Milan shahriga etib keldi.
Gap 22 yoshli futbolchining yanvar oyida amalga oshishi mumkin bo'lgan transferi haqida ketmoqda. "Rossonerlar" serbiyalik futbolchisini avvaliga ijaraga olib, keyinchalik sotib olishni xohlamoqda, biroq, "Qirollik" klubi Yovichni birato'la sotib yubormoqchi. Mana shu omil ushbu bitimning amalga oshishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348