"Real"ning yaponiyalik futbolchisi qishda ortga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Vilyarreal" klubi hujumkor yarim himoyachi Takefusu Kuboning o'yinlaridan qoniqmayapti.
"Sariq suv osti kemasi" 19 yoshli yaponiyalik futbolchini mavsum boshida Madridning "Real" klubidan ijaraga olgandi, lekin, chempionat oxirigacha "Vilyarreal" yapon futbolchisini o'z safida ushlab turish niyatida emas va "Real"ga yanvar oyida qaytarib yubormoqchi. Kubo asosiy tarkibdan joy ola bilmadi, qolaversa, maoshi ham kichkina emas. "Real" ham o'zining asosiy tarkibida Kuboni o'ynatish niyatida emas, shu sababli, ijaraga berib yuborish uchun boshqa jamoa topadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233