«Napoli»da yo'qotish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Neapolliklar hujumchisi Irving Losanoning «Latsio»ga qarshi bahsda jarohat olgani ma'lum bo'lmoqda. U uchrashuv davomida to'pig'ini jiddiy shikastlab olgan va 74-daqiqada Kevin Malkuitga almashtirilgan edi.
Klub shifokorlarining birinchi tashxisiga ko'ra futbolchi chorshanba kuni bo'ladigan «Torino»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. U bugun yana qayta tekshiruvdan o'tishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Losano «Napoli» safida joriy mavsum 12 ta o'yinda maydonga tushib, 6+2 natijani qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291