Frantsiyada halokat. Stadion xodimi baxtsiz tasodif natijasida vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

Frantsiya chempionatining 16-turi doirasida bo'lib o'tgan «Loryan» va «Renn» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan (0:3) so'ng halokat ro'y berdi.
"L`Equipe" tarqatgan xabarga ko'ra, bahs tugagandan keyin 10 daqiqa o'tib «Le Mustuar» stadioni xodimi ustiga gazonni qizdirishga mo'ljallangan ulkan o'lchamdagi uskuna qulab tushgan.
Hamkasblar uni texnika ostidan chiqarib olishga harakat qilishdi. Yakunda faqat yong'in xavfsizligi va tez yordam xodimlari yordamida u qutqarildi. Unga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi va voqeadan 45 daqiqa o'tib shifoxonaga etkazildi. Ammo shifokorlar uning hayotini qutqarib qola olishmadi.
Hayot bilan xayrlashgan erkak 38 yoshda edi. Uning uch nafar farzandi qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224